12:24 / 25.06.2021
7253

May oyida 37 mln dollar qiymatida yengil avtomobillar import qilindi

O‘zbekiston may oyida 37,2 mln AQSh dollari qiymatida yengil avtomobillar import qilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2021 yilning yanvar-may oylarida xorijdan qiymati 150,9 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 7,7 mingta yengil avtomobillar import qilgan. 

2021 yilning o‘tgan 5 oyi mobaynida O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar quyidagicha:

  • Koreya – 42,7 mln;
  • Xitoy – 41,1 mln;
  • Rossiya – 30,5 mln;
  • Qozog‘iston – 8,8 mln;
  • AQSh – 6,7 mln;
  • Tailand – 6,6 mln;
  • Polsha – 4,6 mln;
  • Germaniya – 3,9 mln;
  • Litva – 2,5 mln;
  • Yaponiya – 2,0 mln.

Ma'lumot o‘rnida, 2021 yilning yanvar-may oylarida import qilingan elektromobillar uchun 4,6 million AQSh dollari sarflangan.

Mavzuga oid
Top