12:17 / 25.06.2021
3317
O‘zbekiston 291 mln dollarlik meva va sabzavotlar eksport qildi

O‘zbekiston besh oyda qancha meva va sabzavotlar eksport qilgani ma'lum bo‘ldi.

Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-may oylarida qiymati 291,6 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 526,9 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan. 

Xususan:

  • meva va rezavorlar – 70,2 ming tonna;
  • quritilgan meva va rezavorlar – 25,8 ming tonna;
  • sabzavotlar – 419,7 ming tonna; 
  • qalampir – 6,5 ming tonna; 
  • uzum – 2,0 ming tonna; 
  • mayiz – 16,3 ming tonna;
  • yeryong‘oq – 9,4 ming tonna;
  • tarvuz-qovun – 2,8 ming tonna.
Top