22:45 / 25.06.2021
15359

Rossiya mudofaa vazirligi Pentagon va Britaniya harbiy-dengiz kuchlarini “aql bilan harakat qilish”ga chaqirdi

Vazirlik rasmiy vakili Igor Konashenkovning so‘zlariga ko‘ra, Britaniyaning “Defender” esminetsi "Qora dengizning istalgan nuqtasida Qora dengiz flotining kemaga qarshi majmualari uchun bor-yo‘g‘i yog‘li nishon hisoblanadi".

Foto: RIA Novosti

Rossiya mudofaa vazirligi Pentagon va Britaniya harbiy-dengiz kuchlarini o‘z harbiy kemalarini Qora dengizga jo‘natishda “aql bilan harakat qilish”ga chaqirdi. Bu haqda TASS Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkovga tayanib xabar berdi.

"Harbiy kemalarini Qora dengizga jo‘natayotgan Pentagon va Britaniya harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondonligini Ukrainaning “chivin floti admirallari” so‘ziga kirib, taqdirini sinab ko‘rmaslikka, balki aql bilan harakat qilishga chaqiramiz”, - dedi Konashenkov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Britaniyaning “Defender” esminetsi "Qora dengizning istalgan nuqtasida Qora dengiz flotining kemaga qarshi majmualari uchun bor-yo‘g‘i yog‘li nishon hisoblanadi".

Eslatib o‘tamiz, 23 iyun kuni Rossiya mudofaa vazirligi Britaniya esminetsiga ogohlantiruvchi o‘q uzganini ma'lum qildi. Britaniya esa bu iddaoni rad etdi.

Mavzuga oid
Top