22:22 / 25.06.2021
8823

Yevroittifoq Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni uzaytirdi

Ushbu qaror Minsk kelishuviga amal qilish bilan bog‘liq.

YeI sammiti Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni uzaytirishga qaror qildi. Bu haqda Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel ma'lum qildi.

Ushbu qaror Minsk kelishuviga amal qilish bilan bog‘liq.

«Biz Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirdik: Moskva Minsk kelishuvi to‘liq ta'minlanishi uchun o‘ziga bog‘liq barcha ishlarni bajarishi kerak»,— deb yozdi Mishel Twitter sahifasida.

Sammit davomida qabul qilingan rezolyutsiyada aytilishicha, Yevropa kengashi «Rossiya rahbariyatidan yanada konstruktiv ishtirok, ulkan siyosiy iroda va YeI, a'zo mamlakatlar hamda uchinchi mamlakatlarga qarshi harakatlarni to‘xtatishini kutadi».  

YeI sammiti 24-25 iyun kunlari o‘tkazildi.

Mavzuga oid
Top