19:58 / 25.06.2021
8945

Yevrokomissiya rahbari YeI Rossiya bilan munosabatlar yomonlashishiga tayyorlanishi kerakligini aytdi

Bryusselda o‘tkazilgan sammitda YeI yetakchilari Germaniya va Fransiyaning oliy darajadagi Rossiya – Yevroittifoq sammitini o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatlamadi.

Foto: DPA

Yevroittifoq Rossiya bilan munosabatlar yomonlashishiga tayyorlanishi va u bilan muloqotni kuch pozitsiyasidan olib borishi kerak. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen ma'lum qildi.

«YeI va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar salbiy spiralda turibdi. Biz munosabatlar yanada yomonlashishiga tayyorlanishimiz kerak. Biz kuch pozitsiyasidamiz, chunki iqtisodiy munosabatlarga nazar solsak, Rossiyaning YeIga importi 5 foizdan kam, YeIning Rossiyaga importi esa 37 foizdan ortiq», dedi u.

Uning fikricha, «bu tengsizlik yanada kattalashadi».

«Rossiya iqtisodiyoti dunyo voz kechayotgan gaz va neftga asoslangan», dedi Yevrokomissiya rahbari.

Payshanba kuni Bryusselda o‘tkazilgan sammitda YeI yetakchilari Germaniya va Fransiyaning oliy darajadagi Rossiya – Yevroittifoq sammitini o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatlamadi. Sharqiy Yevropa davlatlari bu taklifni rad etdi.

Mavzuga oid
Top