10:45 / 26.06.2021
17927
«40 mlrd so‘mga alohida podstansiya xarid qilamiz» – Prezident metrodagi muammolar yechimi to‘g‘risida to‘xtaldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtdagi bir qator loyihalar bilan tanishdi hamda Toshkent shahri va tumanlari hokimlari, sektor rahbarlari, mahalla raislari ishtirokida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, tadbirdagi nutqi davomida davlat rahbari keyingi paytda metroda ko‘p kuzatilayotgan muammolarga ham to‘xtalib o‘tdi.

“Toshkent metropoliteni bo‘yicha katta loyihalarni amalga oshirdik. Albatta, keyingi paytda ayrim muammolar kuzatilyapti. Lekin o‘sha muammolar negiziga yetib borishimiz kerak. 

Toshkent metrosining energiya ta'minoti uzoq yillar modernizatsiya qilinmagan. Bu turli texnik kamchiliklar yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. Hozir 40 mlrd so‘mlik alohida podstansiya xarid qilyapmiz. Toshkent metropolitenining energiya tizimi alohida bo‘ladi”, deya prezident so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Top