13:34 / 26.06.2021
1053
Andijonda 550ta holatda yer maydonidan noqonuniy foydalanayotganligi aniqlangan
Foto: KUN.UZ

Andijon viloyatida 550ta holatda yer maydonidan noqonuniy foydalanib kelinayotganligi aniqlangan. Bu haqda Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi. 

Matbuot anjumanida yer ajratish, yerlardan maqsadli va samarali foydalanish, kadastr sohasidagi so‘ngi o‘zgarishlar, qonunchilikdagi yangiliklar haqida so‘z bordi.

Boshqarma tomonidan olib borilgan tekshirishlarga ko‘ra, viloyat hududida yer maydonidan noqonuniy foydalanish holatlari – 177 holatda uy-joy qurish, 235ta noturar binolardan foydalanish, 78ta holatda tomorqa sifatida, 9 ta holatda baliq hovuz sifatida, 6 holatda tuproq olish uchun kar'yer sifatida foydalanilgan, 33ta ko‘p yillik daraxtzorlar ekish, 12 marta esa boshqa holatlarda aniqlangan.

“Shu yilning 6 oyi davomida viloyatdagi 606ta mahalla fuqarolari yig‘inlarida 531 ming 422ta ko‘chmas mulklar qayta xatlovdan o‘tkazildi. Xatlov yakunlari bo‘yicha, 3 ming 452 gektar yer maydonida joylashgan 19 ming 810ta yangi ko‘chmas mulklar aniqlandi”, deydi boshqarma boshlig‘i Fayoziddin Berdimurodov.

Top