20:04 / 26.06.2021
9068
AQSh Eron oliy rahnamosi Ali Homanaiyga nisbatan kiritilgan sanksiyalarni bekor qilishi mumkin

Ma'lumot berilishicha, bu masala AQShning Eron bilan yadroviy kelishuvga qaytishi bo‘yicha Venada o‘tkazilgan muzokaralarda muhokama qilingan.

Foto: Official Khamenei Website via Reuters

AQSh prezidenti Jo Bayden ma'muriyati Eron oliy rahnamosi Ali Homanaiyga nisbatan kiritilgan sanksiyalarni olib tashlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda NBC telekanali o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.

Telekanalning ma'lumot berishicha, bu masala AQShning Eron bilan yadroviy kelishuvga qaytishi bo‘yicha Venada o‘tkazilgan muzokaralarda muhokama qilingan.  

Ali Homanaiyga qarshi sanksiyalar 2019 yilda avvalgi prezident Donald Tramp tomonidan kiritilgandi. 

Venada apreldan beri Eron va xalqaro "beshlik" (Rossiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy va Fransiya) o‘rtasida Eron yadroviy kelishuvini qayta tiklash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilmoqda. 

Avvalroq AQSh Eronga qarshi kiritilgan minglab sanksiyalarni olib tashlashni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.

Top