10:09 / 26.06.2021
30251
Koronavirus: Kunlik holatlar 500dan oshdi, 2 bemor vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda kasallik qayd etilganlar 500 nafardan, davolanayotgan bemorlar 3500 nafardan oshgani, ikki nafar bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 25 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 108730 (+546) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Bu yil boshidan buyon qayd etilgan navbatdagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 12 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 13 nafari Andijon viloyatida,
  • 20 nafari Buxoro viloyatida,
  • 21 nafari Jizzax viloyatida,
  • 10 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 6 nafari Navoiy viloyatida,
  • 8 nafari Namangan viloyatida,
  • 90 nafari Samarqand viloyatida,
  • 11 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 30 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 32 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 35 nafari Xorazm viloyatida,
  • 94 nafari Toshkent viloyatida
  • 164 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 13 nafar,
  • Buxoro viloyatida 30 nafar,
  • Jizzax viloyatida 15 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 9 nafar,
  • Navoiy viloyatida 2 nafar,
  • Samarqand viloyatida 45 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 16 nafar,
  • Xorazm viloyatida 9 nafar,
  • Toshkent viloyatida 41 nafar,
  • Toshkent shahrida 274 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 104461 (+454) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 727 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3542 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top