08:11 / 26.06.2021
9964

Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklanishi mumkin 

Foto: KUN.UZ

Bugun, 26 iyun kuni Toshkent shahridagi ayrim ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanishi mumkin. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, huquqbuzarliklarning oldini olish, favqulodda holatlar yuzaga kelganda tezkorlikni oshirish maqsadida, Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB xodimlari va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

“Shu munosabat bilan bugun, 26 iyun kuni soat 08:00 dan 10:00 gacha poytaxtning Temur Malik, Do‘rmon yo‘li, Mirzo Ulug‘bek, Mustaqillik, Bobur, Afrosiyob, Oybek, Nukus va Sharof Rashidov ko‘chalarida transport vositalari harakati qisqa muddatga cheklanishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Top