16:14 / 28.06.2021
9793

Hindiston oxirgi oylarda Xitoy bilan chegaraga 50 ming nafar qo‘shin joylashtirdi – OAV

Hozirgi vaqtda Xitoy bilan chegaraga 200 mingga yaqin hind harbiylari joylashtirilgan bo‘lib, bu o‘tgan yildagiga nisbatan 40 foizga ko‘pdir.

Hindiston oxirgi oylarda o‘z pozitsiyasini mustahkamlash uchun Xitoy bilan chegaraga kamida 50 ming nafar harbiy joylashtirdi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Mint gazetasi xabar berdi.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, Hindiston mudofaa vazirligi uchta chegaradosh hududga qo‘shin va harbiy-havo kuchlari bo‘linmalarini joylashtirgan.

Hozirgi vaqtda Xitoy bilan chegaraga 200 mingga yaqin hind harbiylari joylashtirilgan bo‘lib, bu o‘tgan yildagiga nisbatan 40 foizga ko‘pdir.

Nashr manbalarining so‘zlariga ko‘ra, Xitoy ham yaqinda Hindiston bilan chegaradagi bahsli hududlarga qo‘shimcha kuchlar jo‘natgan. Xitoy chegaradosh hududlarda bunker va uchish-qo‘nish yo‘laklari qurmoqda, degan nashr manbalari.

2020 yil may oyida ikki mamlakat chegarasidagi Ladakx oblastida to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan va har ikki tomondan qurbonlar bo‘lgandi. Hindiston va Xitoy ushbu hududga og‘ir artilleriya, tank va aviatsiya kuchlarini olib keldi. Ammo qator muzokaralardan so‘ng qo‘shinlar chegaralardan olib ketildi.

Mavzuga oid
Top