11:47 / 28.06.2021
17733
Reklama

«MAZ bilan yozga!»: Kafolatli yutuqlari bo‘lgan misli ko‘rilmagan aksiya

Foto: MAZ

«MAZ-TASHKENT» MChJ XK – bu «BeLAVTOMAZ» (Belarus Respublikasi) holdingi Boshqaruv kompaniyasi «Minsk Avtomobil Zavodi» OAJning O‘zbekiston Respublikasidagi 100 foiz shu'ba korxonasi va rasmiy distribyutori. «MAZ-TASHKENT» O‘zbekiston bozorida 2016 yildan faoliyat olib boradi. Kompaniya o‘zining besh yillik faoliyati sharafiga «MAZ bilan yozga!» kafolatli yutuqlari bo‘lgan misli ko‘rilmagan aksiya o‘tkazadi.

1944 yilning avgustida Davlat mudofaa qo‘mitasi Minskda avtomobil yig‘ish zavodi (MAZ)ni tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. O‘zining 77 yillik  faoliyati mobaynida MAZ belarus avtotexnikasi o‘zini sifatli, ishonchli va ishlatishda oddiy texnika sifatida namoyon etib kelmoqda.  Ittifoq davrida, masalan, bu texnikani  ishlatmaydigan biror bir qurilish deyarli yo‘q edi.

Bugungi kunda «MAZ» avtomobillari – bu yuqori sifat texnikasida amalga oshirilgan eng yangi konstruktorlik g‘oyalarini o‘zida mujassamlashtirgan texnika timsoli. Zamonaviy dizayni yuqori texnik tavsiflari bilan birga MAZ texnikasiga jahondagi boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan dadil raqobatlashgan holda xalqaro avtotexnika bozorlarida turg‘un pozitsiyalarni egallab turish imkonini beradi. U har qanday ish rejimlarida o‘zining juda zo‘r texnik tavsiflarini namoyish etadi, yo‘lsizlik va qattiq iqlim sharoitlariga juda yaxshi moslashgan.

Hozirgi vaqtda zavod konveyeridan «MAZ» markasi ostida zamonaviy, funksional va ishonchli samosvallar, egarli shatakchilar, bortli avtomobillar, tirkamalar va yarimtirkamalar, maxsus texnika va turli maxsus uskunalarni o‘rnatish uchun shassi ishlab chiqarilmoqda. Jami 500 modeldan ortiq va 1500 modifikatsiyaga yaqin texnika jahonning 50 dan ortiq mamlakatiga yetkazib berilmoqda.

«MAZ-TASHKENT» MChJ XK MAZ yuk, maxsus va yo‘lovchi texnikasini sotish bilan shug‘ullanadi, shuningdek, kafolatli va servis xizmatlarini ko‘rsatadi. Zamonaviy maxsus texnika har qanday vazifani bajara oladi, uning sifati va ishonchliligi esa vaqt sinovidan  o‘tgan.

—  Bugungi kunda, O‘zbekistondagi 5 yillik faoliyatdan keyin, butun respublika bo‘ylab 12 ta mualliflik servis markazi tashkil etilgan bo‘lib, ularda ham kafolat, ham kafolatdan keyingi davrda sifatli servis xizmati ko‘rsatiladi. Shuningdek, ko‘chma brigadalar ham tashkil etilgan bo‘lib, ular avtotexnikaga bevosita uni ishlatish joyida xizmat ko‘rsatishi mumkin. Bundan tashqari, yangi sotish markazlari ochilishi ham davom etmoqda. Yana bitta shunday markaz yaqinda Toshkent (Sirg‘ali tumani) da Volvo markazi bazasida ochildi. Uning ochilishida Belarus Respublikasi Sanoat vaziri  Petr Parxomchik ishtirok etdi. Bu yerda o‘zingiz kompaniya mashinalarini ko‘rib chiqishingiz va sotib olishga shartnoma tuzishingiz mumkin. Bugungi kunga kelib  «MAZ-TASHKENT» sotish markazlari 14 taga yetdi. Shuni qayd etib o‘tmoqchimanki, texnikamizni nafaqat Toshkent shahrida, balki mamlakatning barcha mintaqalarida ham sotib olish mumkin, bu o‘z navbatida xaridorlarning anchagina mablag‘ini tejaydi. Bizning texnikamizni ko‘rish, unga baho berish va sinab ko‘rish uchun yuzlab kilometr yo‘lni bosib o‘tish shart emas, — deydi «MAZ-TASHKENT» MChJ XK direktori Valeriy Jigunov. – Bizning texnika yetkazib beradigan joylarimiz geografiyasi juda keng: Rossiyaning Shimolidan JARgacha va Vetnamdan Venesuelagacha.  MAZlar turli iqlim sharoitlarida ishonchlidir. Yig‘ish korxonalari butun dunyo bo‘ylab, shu jumladan, Vetnam, Venesuela, Misr, Slovakiya, Ukraina, Qozog‘iston va ko‘plab boshqa mamlakatlarda tashkil etilgan.

O‘zbekistonda yig‘ish ishlab chiqarishi «KRANTAS GROUP» MChJ bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Mahalliy iste'molchilar uchun sifatli o‘zbek texnikasini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Kompaniyalarning hamkorligi to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat  Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkolarning o‘zaro rasmiy tashriflaridan so‘ng qabul qilindi.  Davlat rahbarlarining uchrashuvi har ikki mamlakatning savdo-iqtisodiy rivojlanishi yanada o‘sishiga turtki bo‘ldi.

— Minsk avtomobil zavodi va «MAZ-TASHKENT» MChJ XK O‘zbekiston Respublikasi texnik reglamentiga to‘liq muvofiq holda texnikaning barcha zarur sinovlarini o‘tkazdilar. Tegishli sertifikatlar olindi, — deydi Valeriy Jigunov.

Hali «MAZ» texnikasini ishda sinab ko‘rmaganlar uchun  ushbu aksiya juda zo‘r imkoniyat, chunki uning ishtirokchisiga aylanib, siz ham sifatli maxsus texnikani sotib olasiz, ham kafolatlangan yutuqlarni olasiz. Bu texnika bilan tanish bo‘lganlar esa masalan, mashinasini yangilashi va  yoqimli sovg‘aga ega bo‘lishi mumkin. Valeriya Jigunovning so‘zlariga ko‘ra, «MAZ bilan yozga!» aksiyasini o‘tkazishdan maqsad – e'tiborni zamonaviy va ishonchli «MAZ» texnikasiga jalb qilish, shuningdek, ichki turizmni ommalashtirishdan iborat.

— Biz bu aksiya vositasida nafaqat yuk samosvallari sotib olish imkoniyatini, balki ko‘plab foydali yutuqlar, xususan, sovg‘a sifatida televizorlar, iPad, iphone planshetlari va hatto avtomobillarni taklif etamiz! Bir tomondan siz ish uchun maxsus texnikani sotib olasiz, boshqa tomondan esa  sovg‘a, masalan, dam olish uchun avtomobilga ega bo‘lasiz. Bu avtomobilda ajoyib va g‘aroyib O‘zbekiston bo‘ylab sayohatga chiqish va uning diqqatga sazovor qadamjolari bilan tanishish mumkin. Axir bugungi kunda avtomobil sotib olishga kerakli summani topish oson emasligi hech kimga sir emas va kredit olishga  hamma ham jazm qilavermaydi. MAZ texnikasini sotib olar ekansiz, siz sovg‘aga avtomobil ham olasiz, — deydi Valeriy Jigunov.

Texnikani «MAZ-TASHKENT» MChJ XK orqali ham, kompaniyaning sheriklari bo‘lgan —  «TOSHONMAZSERVIS»  MChJ QK va «MAGISTRAL DIESEL SERVICE» MChJ  orqali ham sotib olish mumkin. Masalan, 10 birlikdan iborat samosval sotib olsangiz Lada XRAY | LARGUS | VESTA (tanlab) ni sovg‘aga olishingiz mumkin. 20 birlikda samosval sotib olishda Kia SELTOS egasi bo‘lishingiz mumkin, 30 birlikda samosval sotib olinganda esa Samosval MAZ – 555102 bepul berilishi kafolatlanadi.

Aksiyada faqat yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin. Buning uchun  «MAZ» texnikasini aksiya tashkilotchisidan sheriklarning ishtirokida sotib olish zarur. Aksiya lotereya yoki biror tavakkalga asoslangan o‘yin emas, uning ishtirokchilari aksiyada ishtirok etish bilan bog‘liq hech qanday mulkiy xavf-xatarlarga duch kelmaydilar. Shunday qilib, siz nafaqat hech narsa yo‘qotmaysiz, balki texnika va yutuqqa ega bo‘lasiz!

— Aksiya 1 iyundan boshlangan va hozirning o‘zidayoq keng jamoatchilik e'tiborini o‘ziga tortdi. Shuni ham aytish kerakki, bugun bizda bir qator buyurtmalar mavjud. Qayd qilib o‘tamanki, siz texnikamizni aynan qanday: lizingga, bankdan kredit olib yoki o‘z mablag‘ingizga sotib olishingiz muhim emas. Hisob raqamimizga 100 foiz oldindan to‘lov o‘tkazilishi muhimdir. Yana shuni ta'kidlash joizki, siz yutuq o‘rniga, albatta siz bilan kelishilgan holda,  sotib olayotgan «MAZ» texnikasiga yutuq qiymatiga teng summada chegirma olishingiz mumkin. Agar siz aksiya belgilagan muayyan yutuqni emas, balki xuddi shu summaga qandaydir boshqa narsa olishni istasangiz, buni ham ko‘rib chiqish mumkin bo‘ladi. Bu juda yaxshi yutuqlari bo‘lgan, sovrindorlarning xohish-istaklarini e'tiborga oladigan moslashuvchan aksiya. U 2021 yilning 1 sentyabrigacha davom etadi, — deydi Valeriy Jigunov.

Bundan tashqari, aksiya tashkilotchilari sheriklari bilan birga yutuqlarning markasi va modeli, shuningdek, boshqa tavsiflarini (rangi, komplektlanishi va hokazo) mustaqil tanlash huquqini o‘zida saqlab qoladilar. Yutuqlarning modeli, rangi, boshqa parametrlari va tavsiflari ishtirokchilar kutayotgani bilan mos kelmasligi mumkin. Yutuqlar tashqi ko‘rinishi bo‘yicha ularning reklama materiallarida e'lon qilinayotgan va namoyish etilayotgan tasvirlaridan farq qilishi mumkin.

Aksiyaning shartlari, o‘tkazish tartibi, shuningdek boshqa batafsil axborot bilan «MAZ-TASHKENT» MChJ XKning www.maztashkent.uz rasmiy saytida, Instagram — @maz.uz  yoki  Facebook @MazTashkent’da tanishishingiz mumkin.

Barchani «MAZ bilan yozga!» aksiyasida ishtirok etishga va kafolatlangan sovg‘alarni yutib olishga taklif etamiz.

facebook.com/MazTashkent

instagram.com/maz.uz

t.me/maztash

maztashkent.uz

99 889 0990, 99 002 0990,  93 5551288, 93 5551277, 93 5551288, 93 5550095, 99 0020990, 99 0020999

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top