17:45 / 29.06.2021
903
Samarqandda «Damas» urib yuborgan qiz vafot etdi

Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida tez harakatlangan «Damas» piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan qizni urib yuborgan. Oqibatda u vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 25 iyun kuni M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Jomboy tumani «Nazar» MFY hududidan o‘tgan 1073-kilometrida o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan.

Piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan qizni Bulung‘ur tumani «Kildon» MFY Beshko‘pi qishlog‘ida yashovchi A.Z. boshqaruvida bo‘lgan «Damas» urib yuborgan. Oqibatda, og‘ir tan jarohatlari olgan piyoda Jomboy tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Aniqlanishicha, «Damas» haydovchisi qoidalarni qo‘pol tarzda buzgan holda tez harakatlangan. Hozirda hodisa yuzasidan Jomboy tuman IIB YHXB tomonidan surishtiruv o‘tkazilmoqda.

Top