20:28 / 29.06.2021
4248
Turkiyaning 26 viloyatida koronavirusning "hindcha" shtammi tarqaldi

Oxirgi vaqtda butun dunyoda koronavirusning dastlab Hindistonda aniqlangan "delta" shtammi shitob bilan tarqalmoqda.

Foto: Chris McGrath/Getty Images

Turkiyaning 26 viloyatida koronavirusning "delta" ("hindcha") shtammi tarqaldi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja ma'lum qildi.

 "Hozirda 26 viloyatda "delta" varianti tarqalgan. Jami 244ta holat aniqlangan bo‘lib, ularning 134tasi Istanbulga to‘g‘ri keladi", - dedi Koja.

Uning qo‘shimcha qilishicha, mamlakatda hozircha kasallikning "delta plyus" shakli aniqlanmagan.

Oxirgi vaqtda butun dunyoda koronavirusning dastlab Hindistonda aniqlangan "delta" shtammi shitob bilan tarqalmoqda.

Pandemiya boshlanganidan buyon Turkiyada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 5,4 mln holat qayd etilgan, 49 mingdan ortiq bemor vafot etgan.

Top