22:25 / 30.06.2021
9736
Koronavirusning «hindcha» shtammida antitanalardan qochish xususiyati aniqlandi

Koronavirusning «hindcha» shtammida yangi xususiyat – uning inson organizmida antitanalardan «qocha olish» qobiliyati aniqlandi. Bu haqda AQShdagi Jorj Meyson universiteti tizimli biologiya maktabi professori Ancha Baranova ma'lum qildi.

Foto: Adnan Abidi/Reuters

«Hujayra zararlanganda virus uni yorib, tashqariga chiqadi. Bu holatda virusga antitanalar hujum qilib, uni bartaraf etadi. Biroq sinsitiya hosil qila oluvchi viruslar mavjud. Ya'ni bu viruslar hujayrani yormay, unda boshqa hujayralarga o‘tish uchun yon tomondan yo‘llar hosil qiladi. Agar virus shunday yo‘l tutsa, antitanalar uni umuman ko‘rmaydi», deb ta'kidlab o‘tgan mutaxassis.

Baranovaning aytishicha, antitanalardan bunday qocha olish kuchliroq infeksion jarayonga olib keladi va bu kasallik rivojlanishi tezligini oshiradi.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, sinsitiya faqat «hindcha» shtamm uchun xos emas. Bunday xususiyatga ega respirator-sinsitial virus mavjud bo‘lib, u o‘pkani zararlaydi. Bu infeksiya chaqaloqlar uchun juda xavfli hisoblanadi.

Top