11:00 / 30.06.2021
6240
Ortiqcha xarajatsiz salqin uy – juda oson!

Hozirda uylarning tomini yopishda tunuka shifer, metall cherepitsalarni qo‘llash keng ommalashdi. Sababi ular ancha chidamli, arzon, xavfsiz va juda yengil. Biroq uning kamchiliklari ham yetarlicha: bunaqa tom yuqori akustik xususiyatga ega bo‘ladi va quyosh nurlari ostida juda tez qizib, harorat ba'zan 100 darajagacha yetishi mumkin. Har yili 6 oy davomida bunaqa tom ostida yashash va ishlash ancha og‘ir, sababi xona dim va chidab bo‘lmas darajada issiq bo‘ladi. Natijada konditsionerlar kecha-yu kunduz ishlaydi, ularning filtrini tozalash (yilda kamida 1 marta!), freonni almashtirish, buzilib qolsa, ta'mirlash yoki yangisini sotib olish kerak bo‘ladi. Xullas, bir xarajat ketidan boshqasi chiqib kelaveradi. Bunday “domino effekti”ni tomni bir marta to‘g‘ri yo‘l bilan qoplash orqali bir umrga hal qilish mumkin. Mineral paxta osonlik bilan jazirama yoz issig‘ini yengadi! Eng muhimi, bu siz o‘ylaganchalik qimmat emas!

Mineral paxtadan tayyorlangan maxsus qoplamalar tashqaridan keladigan barcha quyosh «zarba»larini o‘ziga qabul qiladi! Shu sababli tomni ushbu material bilan termoizolyatsiya qilish sovitish qurilmasiga tushadigan yukni kamaytirish nuqtai nazaridan juda samarali bo‘lib, katta miqdordagi elektr energiyasini (yoki xususiy xonadonlarni isitish uchun sarflanadigan tabiiy gazni) tejab qoladi. Bu jihatdan mineral paxta nafaqat yozda, balki qishda ham birdek asqatadi. Mineral paxta bilan qoplangan tom ostida konditsionerning ishlash vaqti ham sezilarli darajada kamayadi (uyni sovitish yoki isitish uchun bir necha soat kifoya), ichkariga kiradigan shovqin kamayadi, yong‘in xavfsizligi darajasi oshadi.

Siz o‘z yaqinlaringiz haqida qayg‘urishingiz, o‘z uyingizda sog‘lom mikroiqlimni yaratishingiz va yuqori izolyatsion xususiyatlarga ega ECOVER mineral paxtalari yordamida pulingizni tejab qolishni boshlaydigan payt keldi.

ECOVER – bu:

  • Tashqaridagi harorat ta'sirini keskin kamaytiradi. Yuqori harorat yoki qahraton sovuqda shakli o‘zgarmaydi.
  • Kimyoviy va biologik jihatdan chidamlilik. Hech qanday toksik ta'siri yo‘q, zararkuranda va hasharotlardan holi!
  • Terlamaydi. Material “nafas oladi” va issiqxona effektini hosil qilmaydi.
  • O‘rnatish juda oson. Katta uyning tomini bir kunda bemalol qoplab chiqsa bo‘ladi!
  • Yong‘indan xavfsiz va shovqindan himoyalaydi. Xotirjam uxlashingiz mumkin.
  • Va eng muhimi – haroratni o‘tkazish ko‘rsatkichi juda past. Qishda issiq, yozda salqin – yil bo‘yi qulaylik!

ECOVER'ning xizmat muddati, agar o‘rnatish qoidalari to‘g‘ri bajarilsa, 50 yildan kam emas!

ECOVER pulni to‘g‘ri sarflash va uzoq muddatli investitsiya kiritishni biladiganlar uchun ajoyib tanlov. ECOVER mineral paxta qoplamalari uyda sog‘lom iqlimni yaratadi va binoning energiya sarfini sezilarli darajada kamaytiradi. Ayniqsa, uyning tomi tunuka bilan yopilgan bo‘lsa!

ECOVER'ni tanlang va bitta konditsioner puliga “energiya tejamkor” uyga ega bo‘ling! Qoplamani o‘rnatib berish mutlaqo bepul!

ECOVER uyda alohida iqlim yaratadi!

Telefon: +998 71 207-67-76

Sayt: www.ecover.uz

Instagram: @ecover_uzb

Facebook: fb.com/Ecover-Uzbekistan

Telegram: t.me/ecover_uzb

Reklama huquqi asosida

Top