19:00 / 01.07.2021
5130

Agrobank tomonidan yo‘lga qo‘yilgan “Fermerlar maktabi”ning ikkinchi – avgust-sentabr o‘quv mavsumi uchun qabul boshlandi

Agar sizda qishloq xo‘jaligi va tadbirkorlik yo‘nalishlarida ta'lim olish istagi bo‘lsa Fermerlar maktabi aynan siz uchun.

Buning uchun dastlab onlayn-so‘rovnomani to‘ldirish, so‘ng komissiya suhbatidan o‘tish kerak bo‘ladi. Shoshiling, joylar soni cheklangan. Arizalar 15 iyulga qadar @fermerlar_maktabi_bot yoki fermermaktab.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tganlar 2 avgustdan boshlab darslarda qatnashishlari mumkin bo‘ladi.

Batafsil ma'lumot uchun: +99895 5008010, +99895 5008001, 1216

“Agrobank” ATB Matbuot xizmati Ⓣ

Top