10:55 / 01.07.2021
7983

Bosh prokuratura yer nazorati sohasida maxsus dasturni ishga tushirdi

Bosh prokuratura tomonidan samarali jamoatchilik nazoratini tashkil etish maqsadida “YER NAZORATI” maxsus telegram-bot dasturi ishga tushirildi.  

Ushbu telegram-bot orqali fuqarolarda o‘z hududidagi yer maydonlaridan foydalanish jarayonida yo‘l qo‘yilayotgan qonunbuzilish va boshqa holatlar yuzasidan tezkor ma'lumot berish imkoniyati paydo bo‘lmoqda. 

“O‘z uyi, mahallasiga befarq bo‘lmagan, aziz vatandoshlar, jamoatchilik nazoratida faol ishtirok eting. Unutmang, yerning har bir qarichi – siz-u bizning, xalqimizning mulkidir”, deyiladi mahkama xabarida

Mavzuga oid
Top