09:53 / 01.07.2021
951
«Erkin» YPX postida mashinasidan giyohvand modda topilgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Avtomobilida giyohvandlik vositalarini saqlagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 20 iyun kuni soat 22.00larda Toshkent shahrida joylashgan «Erkin» YPX postida maxsus «Qoradori-2021» tadbiri davomida shahar IIBB xodimlari poytaxtga kirmoqchi bo‘lgan Lacetti mashinasini to‘xtatishgan.

Mashinani ko‘zdan kechirish jarayonida uning salonidan 28ta gugurt qutisiga joylangan quritilgan o‘simliksimon o‘ziga xos hidli modda topilib, xolislar guvohligida olib qo‘yilgan. Lacetti mashinasi haydovchisi – 1983 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan Obid S. Chilonzor tumani IIO FMBga yetkazilgan.

Qayd etilishicha, mazkur fakt bo‘yicha Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.

Top