19:20 / 02.07.2021
1101
Bo‘stonliqda «Lasetti» daraxtga urildi. Bir kishi vafot etdi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida «Lasetti» mashinasi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga urilgan. Oqibatda bir kishi vafot etgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 28 iyun kuni Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tgan 4R-12 Toshkent — Chirchiq — G‘azalkent — Chorbog‘ qo‘rg‘oni avtomobil yo‘lining 47-kilometrida harakatlanib ketayotgan «Lasetti» mashinasi haydovchisi boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomonidagi daraxtga borib urilgan.

Oqibatda, «Lasetti» yo‘lovchisi 1991 yilda tug‘ilgan J.M. tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan. «Lasetti»ning yana ikki nafar yo‘lovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top