18:55 / 02.07.2021
758
Surxondaryoda quvib o‘tish qoidasini buzgan «Neksiya» «Kamaz» bilan to‘qnashdi. Bir kishi vafot etdi

Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida quvib o‘tish qoidalariga e'tiborsizlik qilgan «Neksiya» haydovchisi ro‘paradan kelayotgan «Kamaz»ga borib urilgan. Oqibatda «Neksiya» haydovchisi shifoxonada vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB Kun.uz’ga xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 27 iyun kuni soat 13:00larda davlat ahamiyatiga ega 4R-103 avtomobil yo‘lining Qiziriq tumani Oqjar mahallasi hududidan o‘tgan 22 kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transporti sodir bo‘lgan.

Qumqo‘rg‘on tumani Xo‘jaqishloq maxallasida yashovchi 1990 yilda tug‘ilgan A.X. o‘z boshqaruvida bo‘lgan «Neksiya» mashinasi bilan Sherobod-Qumqo‘rg‘on yo‘nalishida ketayotib, o‘zidan oldinda xarakatlanib ketayotgan avtomobilni quvib o‘tishda ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘ygan.  Oqibatda, ro‘paradan o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Qiziriq tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan B.X boshqaruvidagi «Kamaz» yuk mashinasiga borib urilgan.

Mazkur yo‘l-transport hodisasida «Neksiya» haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, tuman shifoxonasida vafot etgan.

Ta'kidlanishicha, hozirda holat yuzasidan Qiziriq tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshirish xarakatlari olib borilmoqda.

Top