10:03 / 02.07.2021
6934
Tramp shaxsiy ijtimoiy tarmog‘ini ishga tushirdi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp jamoasi 1 iyulda ortiqcha dabdabasiz Gettr deb nomlangan yangi ijtimoiy tarmoqni ishga tushirdi.

Politico nashrining xabar berishicha, Gettr yirik texnologik kompaniyalarning ijtimoiy tarmoqlari muqobili bo‘ladi.

Dastur ta'rifida uning maqsadi «bekor qilish madaniyatiga va ijtimoiy tarmoqlarda monopoliyalarga qarshi kurash, teran ongni ilgari surish, so‘z erkinligini himoyalash hamda g‘oyalarning haqiqiy bozorini yaratish» ekani aytilgan.

Ijtimoiy tarmoqni rivojlantirish bilan Trampning sobiq vakili Jyeyson Miller shug‘ullanadi.

Ijtimoiy tarmoq bilan tanish manbaning ta'kidlashicha, u Twitter’ga juda o‘xshash. Ma'lum qilinishicha, yangi ijtimoiy tarmoq Tramp o‘z tarafdorlari bilan onlayn tarzda hech qanday to‘siqlarsiz muloqot qila oladigan maydonchaga aylanadi.

Mavzuga oid
Top