08:09 / 03.07.2021
7861

Bugun ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Foto: KUN.UZ

Bugun, 3 iyulda O‘zbekistonda issiq ob-havo saqlanib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Maksimal harorat qiymatlari 38-41 daraja issiq, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 43-44 daraja issiq bo‘ladi.

Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzi havo 39-41 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-34 daraja issiq bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top