13:56 / 03.07.2021
4674
Samarqand viloyatida «mahallabay» markazlari ish boshlaydi – Hukumat qarori 

Vazirlar Mahkamasining “Mahallabay ishlash markazlari faoliyatini  tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Foto: KUN.UZ

Prezidentning "Samarqand viloyatida eksperiment tariqasida mahallabay ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, Samarqand viloyatida tuman (shahar) hokimliklari ta'sischiligida davlat muassasasi shaklida mahallabay ishlash markazlari tashkil etildi.

Markazlar faoliyati Past Darg‘om, Urgut va Bulung‘ur tumanlarida joriy yil 1 iyundan boshlab tashkil etilgan, Samarqand viloyatining qolgan tuman (shahar)larida - 1 avgustga qadar tashkil etiladi.

Quyidagilar ularning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • aholi bandligini ta'minlash va doimiy daromad manbaini yaratish orqali kambag‘allikni qisqartirish;
  • mahallabay ishlash asosida tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish hamda aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish;
  • mahalladagi infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni hal etish va boshqalar.

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • mahallabay ishlash markazi namunaviy nizomi va tashkiliy tuzilmasi;
  • mahallabay ishlash markazlar xodimlari mehnatiga haq to‘lash yagona tarif setkasi bo‘yicha razryadlari.

Samarqand viloyati hokimligiga tuman va shahar hokimliklari tomonidan namunaviy nizom va tashkiliy tuzilma asosida mahallabay ishlash markazining ustavi va tashkiliy tuzilmasi tasdiqlanishini ta'minlash topshirildi.

Top