17:24 / 04.07.2021
11274
O‘zbekistonda 5 iyul kuni 46 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 24–26 daraja iliq, kunduzi 39–41 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24–29 daraja iliq, kunduzi 39–44 daraja issiq bo‘ladi, ba'zi joylarda 46 darajagacha issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24–29 daraja iliq, kunduzi 39–44 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22–27 daraja iliq, kunduzi 36–41 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 23–28 daraja iliq, kunduzi 39–44 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20–25 daraja iliq, kunduzi 34–39 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo  bir oz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, ayrim hududlarda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14–19 daraja iliq, kunduzi 29–34 daraja issiq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 6–8 iyul kunlari Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi hisobiga havo harorati ko‘tarilishi kutilmoqda. Ushbu kunlarda havo harorati iqlimiy me'yorlardan 5–8 darajaga yuqori bo‘ladi. Kunduz kunlari havo 41–43 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda esa 44–46 darajagacha isiydi.

Top