16:53 / 05.07.2021
8843

“Chegara bilmas muxbirlar” tashkiloti matbuot erkinligi dushmanlari ro‘yxatini e'lon qildi

Ro‘yxatdan joy olganlarning o‘n to‘qqiz nafari “jurnalistika uchun yomon” deb tasniflangan mamlakatlar rahbarlari bo‘lsa, o‘n olti nafari “juda yomon” deb baholanuvchi mamlakatlarni boshqaradi.

“Chegara bilmas muxbirlar” (RSF) tashkiloti matbuot erkinligini ommaviy ravishda ta'qib qilayotgan 37 davlat yoki hukumat rahbarlari ro‘yxatini e'lon qildi.

Qayd etilishicha, ularning ayrimlari yigirma yildan ziyod vaqtdan beri faoliyat yuritmoqda, ayrimlari esa ro‘yxatga ilk bor kiritildi.

“Ularning barchasi senzurani boshqarish apparatini yaratish, qamoqqa olish orqali matbuot erkinligini oyoqosti qiladigan, jurnalistlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita o‘ldirishga undagan davlat yoki hukumat rahbarlaridir”, deyiladi tashkilot tomonidan.

Ro‘yxatdan joy olganlarning o‘n to‘qqiz nafari tashkilotning matbuot erkinligi xaritasida qizil rangda – “jurnalistika uchun yomon” deb tasniflangan mamlakatlar rahbarlari bo‘lsa, o‘n olti nafari xaritada qora rangda – “juda yomon” deb baholanuvchi mamlakatlarni boshqaradi.

Sobiq ittifoq mamlakatlaridan ushbu ro‘yxatga Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov kiritilgan.

Mavzuga oid
Top