17:27 / 05.07.2021
4125
Eron hukumati aholini elektr energiyasini kamroq sarflashga chaqirdi

Mamlakatda elektr energiyasiga bo‘lgan talab o‘tgan yildan buyon kamida 12 foizga oshgan.

Eron energetika vazirligi aholini elektr energiyasi iste'molini kamaytirishga chaqirdi. Bu haqda Rudaw axborot agentligi xabar bermoqda.

"Kecha elektr energiyasiga bo‘lgan talab 65,9 ming MVtga yetdi, bu ilgari hech qachon kuzatilmagan. Ammo harorat ko‘tarilishi ehtimoli hisobga olinsa, bu ko‘rsatkich 66 ming MVtdan oshishi mumkin", - dedi vazirlik matbuot kotibi Mustafo Rajabiy.

Uning qayd etishicha, mamlakatda elektr energiyasiga bo‘lgan talab o‘tgan yildan buyon kamida 12 foizga oshgan.

Yakshanba kuni Eronda elektr energiyasi ommaviy ravishda o‘chishi kuzatildi. Bu holat yana takrorlanishi kutilmoqda.

Rajabiy aholidan ayniqsa, kunning  ikkinchi yarmida elektr iste'molini kamaytirishni so‘radi.

Eronda hukumat elektr energiya infratuzilmasiga bo‘lgan yuklamani pasaytirishga urinishiga qaramasdan uzilishlar bo‘lmoqda. May oyida mamlakatda kriptovaluta to‘plash taqiqlangandi.

Top