22:22 / 06.07.2021
16689

KXShT birlashgan shtabi boshlig‘i operativ guruh bilan Tojikistonga keldi

Anatoliy Sidorovning Tojikistonga tashrifi Afg‘onistonda toliblarning hukumat qo‘shinlariga hujumlari va afg‘on harbiylarining Tojikistonga qochib o‘tishi fonida amalga oshirilmoqda.

KXShT birlashgan shtabi boshlig‘i Anatoliy Sidorov Afg‘oniston bilan chegaradagi vaziyatni baholash uchun tezkor guruh bilan Tojikistonga keldi.

Xabar qilinishicha, Tojikistonning janubiy hududlariga tashrif va mamlakat mudofaa vazirligi, davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara qo‘shinlari va boshqa vazirlik hamda muassasalar rahbariyati bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan.

Sidorovning Tojikistonga tashrifi Afg‘onistonda toliblarning hukumat qo‘shinlariga hujumlari va afg‘on harbiylarining Tojikistonga qochib o‘tishi fonida amalga oshirilmoqda.

Avvalroq Rossiyaning Tojikistondagi harbiy bazasiga qarashli jangovar va transport vertolyotlari raketa zarbalari berish mashg‘ulotlarini o‘tkazgani xabar qilingandi.

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Top