22:50 / 06.07.2021
8013
Pentagon Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarining 90 foizdan ortig‘i olib chiqib ketilganini ma'lum qildi

Ma'lumot berilishicha, Pentagon Afg‘onistondan 17 ming birlik qurilma olib chiqib ketgan. Bundan tashqari, amerikaliklar Afg‘oniston mudofaa vazirligiga yettita harbiy obektni topshirgan.

AQSh Afg‘onistondan 90 foizdan ko‘proq harbiy kontingentini olib chiqib ketdi. Bu haqda AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi bayonotida aytilmoqda.

«Olib chiqib ketish jarayoni davom etmoqda. AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi hisobiga ko‘ra, barcha qo‘shinlarning 90 foizdan ortiqrog‘i olib chiqib ketildi», — deyiladi bayonotda.

Ma'lumot berilishicha, Pentagon Afg‘onistondan 17 ming birlik qurilma olib chiqib ketgan. Bundan tashqari, amerikaliklar Afg‘oniston mudofaa vazirligiga yettita harbiy obektni topshirgan.

AQSh prezidenti Jo Bayden aprelda Afg‘onistondan amerikalik harbiylar olib chiqib ketilishini e'lon qilgandi. Jarayon may oyida boshlandi va sentyabrda yakuniga yetishi rejalashtirilgan.

AQSh bilan birga NATO mamlakatlari ham o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketmoqda.

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Top