16:17 / 07.07.2021
2386

Andijonda 63 yoshli erkak 10-bor sudlandi

Andijonlik 63 yoshli Javlon Toshmatov soxta hujjatlar bilan birovning yerini sotib yuborgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘ston tuman sudi raisi Husniddin Kamolovning xabar berishicha, aybdor ushbu jinoyatga qadar 9 bor sudlangan.

Ish holatlariga ko‘ra, Javlon Toshmatov xavfli retsidivist bo‘lgan holda, o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, 2020 yilning yanvar oyida aslida Andijon shahar hokimining 2017 yil 28 iyundagi qarori bilan Andijon shahrida yashovchi fuqaro O.Daminovga ajratib berilgan 52-maydon 400 kv metrdan iborat (kv 416B, uch.26) yer maydonini mazkur qarorning 1.7 bandiga go‘yoki o‘zining nomiga 8-maydon 400 kv metrdan iborat (kv 630 uch. 238) yer maydoni ajratilgani ko‘rsatilgani haqida qalbakilashtirib, O.Daminovning ishonchiga kirib, yer maydoni o‘ziga tegishli ekanini aytib aldab, 6.000 AQSh dollariga sotishga kelishib, kelishuvdagi pullardan 3.000 AQSh dollarini olib, o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Sud J.Toshmatovni O‘zbekiston Respublikasi JK 168-moddasi 3-qismining “b” bandi va 228-moddasi 2-qismining “a” bandi bilan aybli deb topib, jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni undirib, shu modda bilan ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Avvalroq, Andijon shahrida aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan 4 nafar ota qamalgani to‘g‘risida xabar bergan edik.

Mavzuga oid
Top