10:31 / 07.07.2021
3212
Buxoroda 63 yoshli shaxs yer talashib, singlisini o‘ldirib qo‘ydi

Buxoro viloyati Olot tumanida 63 yoshli shaxs yer talashib, singlisini o‘ldirib qo‘ygan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 4 iyul kuni Olot tumani Usmonshayx mahallasida yashovchi, 1958 yilda tug‘ilgan, 63 yoshli T.H., o‘zining singlisi, 1963 yilda tug‘ilgan T. R. bilan yer-joy talashib, janjallashgan. Janjal davomida T.H. singlisining ko‘krak qafasi hamda bel sohasiga oshxona pichog‘i bilan urib, unga tan jarohati yetkazgan. T.R. olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Olot tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Fuqaro T.H. ish bo‘yicha gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Top