07:18 / 07.07.2021
623
Rossiyaning Yekaterinburg shahrida ish boshlagan “Innoprom” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida Farg‘ona viloyati stendi namoyish qilindi

“Rossiyaning Yekaterinburg shahrida “Innoprom” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi ish boshladi. “Yekaterinburg-Ekspo” ko‘rgazmalar majmuasida tashkil etilgan hamda 8 iyulgacha davom etadigan tadbirda Farg‘ona viloyati ham o‘z stendi bilan ishtirok etmoqda", - deya xabar qilmoqda viloyat hokimligi axborot xizmati. 

Qayd etilishicha, Viloyat hokimining o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i Iqboljon Ergashev boshchiligidagi delegatsiya ko‘rgazma ishida qatnashish hamda 4 kun davomida tashkil etiladigan konferensiya va seminarlarda ishtirok etish, ishtirokchi mamlakatlar hududlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlik aloqalarini o‘rnatish uchun Yekaterinburgda bo‘lib turibdi.

“Moslashuvchan ishlab chiqarish” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan ko‘rgazmaning ochilish marosimiga Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin tashrif buyurgan. 

Rossiya, Yaponiya, Germaniya, Italiya, Vengriya, Belorus kabi mamlakatlarning ilg‘or sanoat korxonalari ishtirok etayotgan ko‘rgazma 40 ming kvadrat metr maydonda tashkil etilgan.

Avvalroq, Farg‘ona viloyati delegatsiyasining Qirg‘izistonning Norin viloyatiga tashrifi doirasida 3,48 mln dollarlik eksport shartnomalari imzolangani haqida xabar berilgan edi.

Top