18:17 / 07.07.2021
976

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan 6 oyda 13 kilogramm giyohvandlik moddalari ushlab qolingan

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan 2021 yilning olti oyi davomida 59 ta holatda qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Bu haqda boshqarma axborot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil olti oy davomida boshqarmaning Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi tomonidan 59 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan hamda ko‘plab mahsulotlar to‘xtatib qolingan.

Jumladan:

  • 15 ta holatda 1051,90 gramm geroin, 4814,49 gramm opiy, 8057,95 gramm gashish, 570,49 gramm marixuana, 3 tup kannabis o‘simligi, 7 dona kuchli ta'sir qiluvchi tabletka;
  • 1 ta holatda 3 tonna 460 kilogramm rangli va qora metall mahsulotlari;
  • 1 ta holatda 6 million 490 ming so‘mlik paxta yog‘i ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan moyjuvoz;
  • 1 ta holatda 4 ta ov quroli yasash uchun moslamalar hamda 75 dona gilza;
  • 5 ta holatda 124 million 976 ming so‘mlik biologik aktiv qo‘shimchalar;
  • 1 ta holatda qiymati 3 million 50 ming so‘mlik 500 litr dizel yonilg‘isi;
  • 1 ta holatda 2,5 million so‘mlik pirotexnika vositalari;
  • 2 ta holatda 1 412 quti noqonuniy tamaki mahsulotlari to‘xtatib qolingan.
  • 1 ta «yashirin sex» bilan bog‘liq holat aniqlangan.

Qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha 8 milliard so‘mdan ortiq tovar moddiy boyliklari noqonuniy aylanishi oldi olingan. Shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat yo‘nalishida 21 milliard 355 million so‘mlik qo‘shimcha bojxona to‘lovlari aniqlangan.

Top