16:46 / 07.07.2021
462
Sirdaryoda yerga bo‘lgan huquqni o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazmaslik bo‘yicha 299ta holat aniqlandi

2021 yilning o‘tgan davri mobaynida Sirdaryo viloyati kadastr boshqarmasi tomonidan fuqarolar va fermer xo‘jaliklariga yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojat etmaslik holati bo‘yicha jami 299 ta ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Jumladan, 145 ta holatda fuqarolarga nisbatan 35 mln 525 ming so‘m hamda 154 ta holatda dehqon xo‘jaliklariga nisbatan 37 mln 730 ming so‘m jarima qo‘llanildi.

Ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgandan so‘ng 15 kun ichida (imtiyozli ravishda) 129 ta fuqaro va fermer xo‘jaliklari tomonidan jami 22 mln 123 ming 500 so‘m to‘landi. Imtiyozsiz, 15 kundan keyin undirilgan jarimalar soni 39 ta bo‘lib, bunda fuqaro va fermer xo‘jaliklaridan jami 9 579 500 ming so‘m undirilgan. Bundan tashqari, hozirgi kunda 131 ta holat bo‘yicha 31 mln 850 ming so‘m to‘lov undirish jarayonida.

Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 681-moddasida yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan.

Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 3321-moddasida huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinshi belgilangan.

Top