17:20 / 07.07.2021
9232
Toshkentda 5G tarmog‘i ishga tushirildi

Endilikda, Samsung Galaxy S21 smarfonlari seriyasi foydalanuvchilari 5G texnologiyasini Toshkent shahrida sinab ko‘rishlari mumkin.

Yurtimizning yetakchi mobil aloqa operatorlari bo‘lmish Ucell va UZTELECOM 5G beshinchi avlod tarmog‘ini Tashkent City'da ishga tushirishdi.

5G – bu hayot tarzi va xizmat ko‘rsatish sifatini o‘zgartira oladigan tezkor internetga ega bo‘lgan beshinchi avlod aloqa vositasi.

5G tarmog‘ining ikki asosiy afzalligi – ma'lumot uzatish tezligi bir necha bor oshishi va javob berish vaqtini sezilarli darajada qisqartirishi. SpeedTest servisi yordamida o‘tkazilgan o‘lchovlar soniyasiga 1,3 Gbit gacha tezlikni ko‘rsatdi. Bu esa ma'lumotlar uzatish tezligi 4G tarmog‘idan 10 dan 100 baravargacha tezroq demakdir. Bundan tashqari, tarmoq sun'iy intellekt va virtual haqiqat uchun eng yaxshi imkoniyatlarni taqdim etadi.

Ushbu xizmatni faollashtirish uchun Galaxy S21 seriyasining foydalanuvchilari Ucell yoki UZTELECOM xizmat ko‘rsatish ofislaridan biriga murojaat qilishi kifoya. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, abonentlarga tarmoqqa ulanish taklifi bilan SMS xabarnoma keladi.

Foydalanuvchilar sevimli video o‘yinlarini o‘ynashda, film va seriallarni 4K sifatda tomosha qilishda uzluksiz 5G tezligidan foydalanishlari mumkin. Galaxy S21 seriyasidagi kengaytirilgan 5G tezligi sizga sevimli serialingizning to‘liq mavsumini yuqori sifatda bir zumda yuklab olish imkonini beradi. 5G tarmog‘iga mos keladigan chipset esa iste'molchilarni yuklab olish jarayonida ham aloqada bo‘lishlarini ta'minlaydi.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda Galaxy S21 | S21 + va S21 Ultra flagmanlari tomonidan 5G qo‘llab-quvvatlanmoqda.

O‘zbekistonda 5G tarmoqlari rivojlangani sari Samsung kompaniyasi 5G tarmog‘i bilan jihozlangan qurilmalar portfelini kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Samsung Galaxy S21 5G seriyasi haqida havola orqali ko‘proq bilib oling.

Aloqa markazi raqami: 7799

Reklama huquqi asosida

Top