21:41 / 07.07.2021
4960

Tramp Google, Facebook va Twitter kompaniyalarini sudga berishini aytdi

Donald Tramp prezidentligining oxirgi haftalarida Twitter, Facebook va Instagram tarmoqlarida o‘z fikrini bildirishdan mahrum bo‘lgandi.

Foto: Brandon Bell/Pool via AP

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Facebook, Twitter, Google kompaniyalari hamda ularning rahbarlarini sudga berishini ma'lum qildi. U bu haqda Bedminster shahridagi chiqishida aytdi.

«Bugun America First Policy Institute tashkiloti bilan birgalikda yirik texnologik kompaniyalar, jumladan, Facebook, Google va Twitter hamda ularning bosh direktorlari Mark Tsukerberg, Sundar Pichay va Jyek Dorsini sudga beraman. Biz Florida janubiy okrugi bo‘yicha suddan ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini, Amerika xalqining sharmandalarcha noqonuniy senzura qilinishi to‘xtatilishini so‘raymiz. Ular aynan shu ish bilan shug‘ullanmoqda, biz bunga chek qo‘yilishini talab qilamiz», dedi u.

Donald Tramp prezidentligining oxirgi haftalarida Twitter, Facebook va Instagram tarmoqlarida o‘z fikrini bildirishdan mahrum bo‘lgandi.

Iyul oyi boshida Tramp jamoasi Gettr deb nomlangan yangi ijtimoiy tarmoqni ishga tushirdi.

Dastur ta'rifida uning maqsadi «bekor qilish madaniyatiga va ijtimoiy tarmoqlarda monopoliyalarga qarshi kurash, teran ongni ilgari surish, so‘z erkinligini himoyalash hamda g‘oyalarning haqiqiy bozorini yaratish» ekani aytilgan.

Ijtimoiy tarmoqni rivojlantirish bilan Trampning sobiq vakili Jyeyson Miller shug‘ullanadi.

Mavzuga oid
Top