02:49 / 07.07.2021
13847

Yevro-2020. Italiya Ispaniyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, dastlabki finalchiga aylandi

«Skuadra adzurra» va «Qizil furiya» «Uembli»da katta spektakl uyushtirdi, yakunda Roberto Manchini va Ko omadli bo‘lib chiqdi.

Yevropa chempionatining birinchi yarimfinalida Italiya va Ispaniya milliy jamoalari bahs yuritishdi.  

Bellashuv ispanlarning ustunligi ostida o‘tganiga qaramay, 60-daqiqada Roberto Manchini jamoasi qarshi hujumdan unumli foydalandi va Federiko Kezaning chiroyli goli evaziga hisobni ochdi. 80-daqiqada esa zaxiradan maydonga tushgan Alvaro Morata hisobni tenglashtirdi.

Shunday qilib asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarda g‘olib aniqlanmadi. Penaltilar seriyasida esa omad italyanlarga kulib boqdi.

Italiya finalda Angliya — Daniya juftligi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi.

Yevro-2020. 1/2 final
Italiya — Ispaniya 1:1

Penaltilar seriyasi — 4:2.
6 iyul, «Uembli»
Gollar: Keza (60) — Morata (80).
Italiya – Donnarumma, Kellini, Di Lorenso, Emerson (Toloi, 74), Bonuchchi, Verratti (Pessina, 74), Barella (Lokatelli, 85), Keza (Bernardeski, 107), Jorjino, Insine (Belotti, 85), Immobile (Berardi, 62). 
Ispaniya – Simon, Alba, Aspilikueta (M.Lorente, 85), Laport, Erik Garsiya (Pau Torres, 109), Pedri, Buskets (Tiago Alkantara, 105), Ferran Torres (Morata, 62), Olmo, Oyarsabal (Moreno, 70), Koke (Rodri, 70).
Ogohlantirishlar: Buskets (51), Toloi (97), Bonuchchi (118).
Penaltilar seriyasi: Lokatelli (0:0, darvozabon), Olmo (0:0, noaniq), Belotti (1:0), Moreno (1:1), Bonuchchi (2:1), Alkantara (2:2), Bernardeski (3:2), Morata (3:2, darvozabon), Jorjino (4:2).

Mavzu
Yevro-2020
Pandemiya tufayli kechiktirilgan futbol bo‘yicha Yevropa chempionati 11 iyun kuni boshlanadi. Turnir ilk marta butun Yevropa bo‘ylab 11 shahardagi stadionlarda o‘tkaziladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top