19:03 / 08.07.2021
10241

Dam olish kunlarida havo harorati biroz pasayishi kutilmoqda

«O‘zgidromet» O‘zbekistonda 10-13 iyul kunlari kuzatilishi kutilayotgan ob-havo ma'lumotini taqdim etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s.gacha kuchayadi, 10 iyulda ba'zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s.gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10 iyulda kechasi 18-23 daraja, kunduzi 30-35 daraja, 11-12 iyulda kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja, 11 iyulda Xorazm viloyatida 32-37 daraja, 13 iyulda kechasi 22-27 daraja, kunduzi 34-39 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s.gacha kuchayadi, 10 iyulda ba'zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s.gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 10 iyulda 33-38 daraja, 11 iyulda 31-36 daraja, 12-13 iyulda 35-40 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s.gacha kuchayadi, 10 iyulda ba'zi joylarda chagli bo‘ron bilan 25-30 m/s.gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s.gacha kuchayadi, 10 iyulda ba'zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s .gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10 iyulda kechasi 22-27 daraja, kunduzi 35-40 daraja, 11-13 iyulda kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s.gacha kuchayadi, 10 iyulda ba'zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s.gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10 iyulda 22-27 daraja, 11-13 iyulda 20-25 daraja, kunduzi 10-11 iyulda 37-42 daraja, ba'zi joylarda 44 darajagacha, 12-13 iyulda 36-41 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s.gacha kuchayadi, 9-10 iyulda ba'zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s.gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10 iyulda 22-27 daraja, 11-13 iyulda 20-25 daraja, kunduzi 10 iyulda 35-40 daraja, 11 iyulda 33-38 daraja, 12 iyulda 30-35 daraja, 13 iyulda 32-37 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, 10-12 iyulda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.13 iyulda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s.gacha kuchayadi, 9-10 iyulda 25-30 m/s.gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10 iyulda 16-21 daraja, 11-13 iyulda 13-18 daraja, kunduzi 21-26 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top