12:28 / 08.07.2021
9010
Qamchiq dovonida paxta tolasi ortib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketdi

Qamchiq dovonida yuk mashinasi qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ag‘darilgan. So‘ng yonib ketgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, bugun, 8 iyul kuni ertalab soat 07:00larda, A373 Toshkent-Andijon-O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining 242-kilometrida yuk mashinasi yo‘l-transport hodisasi sodir etib, so‘ng yonib ketgan. Paxta tolasi ortilgan yuk mashinasi Qamchiq dovonida harakatlanayotganda haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda mashina qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ag‘darilgan. So‘ng yonib ketgan.

Qayd etilishicha, mashina haydovchisi salondan o‘z vaqtida chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan va shu sababli jiddiy jarohat olmagan. FVVning «Qamchiq» maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, bir necha daqiqada yong‘inni bartaraf etgan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida mashinaga ortilgan paxta tolasining katta qismi yong‘indan saqlanib qolingan. Hodisada hech kim jabrlanmagan.

Qamchiq dovonida «Neksiya» mashinasi yonib ketdi

Qamchiq dovonida «benzovoz» yonib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

 

Top