12:18 / 08.07.2021
2283

Qarshi shahrida Nexia-2 mashinasi yonib ketdi

Qarshi shahrida Nexia-2 mashinasi yonib ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 7 iyul kuni soat 22:16larda Qarshi shahrida joylashgan «Geolog» mehmonxonasi oldida oq rangli Nexia-2 yonib ketgan. Surishtiruvda aniqlanishicha, mazkur mashina Qarshi shahar Uzumzor mahallasida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan R.R. boshqaruvida bo‘lgan.

Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Mashinaning old qismi yonib ketgan va unga jiddiy zarar yetgan. Hozirda yong‘in sabablari va uning zarari aniqlanmoqda.

Mavzuga oid
Top