21:07 / 08.07.2021
4596

Xitoyda koronavirusga qarshi 22ta vaksina sinovdan o‘tkazilmoqda

To‘rtta vaksina bozorga chiqarish uchun shartli ruxsatnoma olgan, yana uchta vaksinadan favqulodda foydalanishga ruxsat berilgan.

Xitoy hukumati koronavirusga qarshi 22ta vaksinaning klinik sinovlari o‘tkazilishiga ruxsat berdi. Bu haqda Xitoy mahsulotlar va dorilar nazorati boshqarmasi vakili Yuan Lin ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, vaksinalar beshta turli texnologiya asosida ishlab chiqilgan.

To‘rtta vaksina bozorga chiqarish uchun shartli ruxsatnoma olgan, yana uchta vaksinadan favqulodda foydalanishga ruxsat berilgan.

Avvalroq Fransiya Yevroittifoq mamlakatlarini Rossiya va Xitoy vaksinalarini tan olmaslikka chaqirgandi.

Top