20:40 / 09.07.2021
26649

Olimlar guruhi koronavirus tabiiy ravishda paydo bo‘lganini ma'lum qildi

Tadqiqotchilar SARS-CoV va MERS-CoV kabi avvalgi koronaviruslar ham tabiiy yo‘l bilan paydo bo‘lganini eslatib o‘tgan.

Foto: Getty Images

20 ta mamlakat, xususan, Avstraliya, Buyuk Britaniya va AQSh olimlaridan iborat guruh koronavirus tabiiy ravishda paydo bo‘lganini ma'lum qildi. Bu haqda Zenodo portalida chop etilgan tadqiqotda aytilmoqda.

Tadqiqotchilarning fikricha, koronavirus yuqtirish holatlarining Uhandagi virusologiya instituti bilan aloqadorligiga oid dalillar yo‘q, ammo holatlar Uhandagi hayvonlar bozori bilan bog‘liq. 

Olimlar shuningdek, Uhandagi virusologiya institutida faoliyat olib borgan insonlarning kasallik yuqtirgani holatlari yo‘qligini bildirgan.

Infeksiya tabiiy yo‘l bilan paydo bo‘lganining yana bir isboti sifatida uning mutatsiyaga uchrashi va yashovchanligi oshishi ko‘rsatilmoqda.

Olimlar guruhi SARS-CoV va MERS-CoV kabi avvalgi koronaviruslar ham tabiiy yo‘l bilan paydo bo‘lganini eslatib o‘tgan.

Avvalroq Xitoy fanlar akademiyasi va Shandun universiteti olimlari SARS-CoV-2 virusining evolyutsiyasi ustida tadqiqot o‘tkazgan va ko‘rshapalaklarda koronavirusning 24ta yangi turini aniqlagandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top