07:33 / 09.07.2021
2552

“Tracker”ga yashirilgan 25 800 AQSh dollari fosh bo‘ldi

“Farg‘ona” chegara bojxona postidan o‘tgan yo‘lovchida deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 25 800 AQSh dollari borligi aniqlandi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi axborot bo‘limi xabar bermoqda.

Qayd qilinishicha, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi “Farg‘ona” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan O‘zbekistondan qo‘shni respublikaga harakatlanayotgan fuqaro D.S. boshqaruvidagi “Tracker” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda  bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.

Tekshiruv natijasida avtomashina old o‘rindig‘ining orqa cho‘ntagida bojxona nazoratidan yashirilgan, bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma'lum qilinmagan hamda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan jami 25 800 AQSh dollari borligi aniqlangan.

Hozirda bojxona organlari tomonidan mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq “Vodil-Marg‘ilon” yo‘nalishida tegishli hujjatlarsiz 30 mln so‘mdan ortiq maishiy texnikalar va oyoq kiyim mahsulotlari to‘xtatib qolingani haqida xabar berilgan edi.

Top