12:32 / 10.07.2021
9965
Anqaraning tarixiy eski shahar qismiga sayohat (foto)

O‘qishdan bo‘sh vaqtlarda shahar bo‘ylab sayohat qilishni yoqtiraman. Turkiyadagi sayohatlarim davomida qiziqarli ko‘ringan joylar va holatlarni suratlarga muhrlayman, deya hikoya qiladi UzbekLife kolumnisti Muzaffar Habibullayev.

Foto: UzbekLife

Navbatdagi sayohatni Turkiya poytaxti Anqaraning tarixiy eski shahar qismiga amalga oshirdim. Anqaraning eng muhim timsollaridan biri hisoblangan Anqara qal'asi shu yerda joylashgan.

Qal'a miloddan avvalgi VII asrda hukmdor Midas tomonidan barpo etilgan, degan taxminlar mavjud. Ko‘plab taloto‘plarni boshidan kechirgan qal'a bugungi kunga kelib, ichki va tashqi qism holida saqlanib qolgan. O‘rta asrlar sayohatchisi Avliyo Chalabiyning yozishicha, qal'a 4 qavat oq toshlardan barpo etilgan mustahkam inshootdir. 

Anqara tepaliklar ustiga qurilgan shahar. Shu sababli goh tepaga chiqsangiz, goh pastga tushishingizga to‘g‘ri keladi. Biz ham «kaldırım» deb nomlangan tosh so‘qmoqlar bo‘ylab yuqoriga chiqdik. Bu tosh yo‘laklar Usmoniylar davrida barpo etilgan va keyinchalik qayta ta'mirlangan.  

Yo‘l bo‘ylab kichik do‘konlar, qahvaxonalar va milliy ustaxonalarni uchratish mumkin. Bu obektlarning barchasida milliy o‘ziga xoslik va turk madaniyatining go‘zalligini ko‘rish mumkin.  

Muzaffar Habibullayev

UzbekLife’ning Turkiyadagi kolumnisti

Top