19:26 / 10.07.2021
6603
DTM markaziy binosida elektr uzilishlari kuzatilmoqda. OTMlarga onlayn qabulda texnik muammolar bo‘lishi mumkin

Davlat test markazi tashkilot joylashgan Yunusobod tumanida elektr energiyasida uzilishlar bo‘layotgani sabab abituriyentlar onlayn hujjat topshirishda muammoga uchrashi mumkinligidan ogohlantirdi.

Foto: Kun.uz

“Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, – deyiladi markaz axborotida.

OTMlarga onlayn hujjat topshirish 20 iyundan boshlangan. Lekin hozirga qadar hujjat topshirish jarayonlari sust ketyapti. 10 iyul soat 18:00 holatiga ko‘ra, 206 mingdan ortiq abituriyent hujjat topshirgan. Qabul 22 iyulgacha davom etadi.

Bu yil 1,6 mln abituriyent hujjat topshirishi prognoz qilingandi. Qabulning sekin borayotganiga kvotaning tillar kesimida tasdiqlanishi kechikkani ham ta'sir qilgan bo‘lishi mumkin.  

Endi elektr energiyasi uzilishlari sababli hujjatlar topshirishda uzilishlar bo‘lishi va jarayonlar kechikishi mumkin.

Top