10:11 / 10.07.2021
29256

O‘zbekistonda pnevmoniya holatlari ko‘paymoqda, yana 3 kishi koronavirus qurboni bo‘ldi

SSV so‘nggi bir kunda yurtimizda 467 nafar kishida koronavirus, 259 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, 3 nafar bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 9 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 115478 (+467) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 27 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 19 nafari Andijon viloyatida,
  • 15 nafari Buxoro viloyatida,
  • 35 nafari Jizzax viloyatida,
  • 21 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 10 nafari Navoiy viloyatida,
  • 25 nafari Namangan viloyatida,
  • 29 nafari Samarqand viloyatida,
  • 17 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 21 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 26 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 17 nafari Xorazm viloyatida,
  • 41 nafari Toshkent viloyatida,
  • 164 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 259 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 65 nafar,
  • Buxoro viloyatida 14 nafar,
  • Jizzax viloyatida 48 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 31 nafar,
  • Navoiy viloyatida 11 nafar,
  • Namangan viloyatida 35 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 50 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 32 nafar,
  • Xorazm viloyatida 12 nafar,
  • Toshkent viloyatida 60 nafar,
  • Toshkent shahrida 24 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 110759 (+382) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 767 nafarni tashkil qildi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top