22:11 / 10.07.2021
7443
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Farg‘ona vodiysida sezildi

Ma'lumot berilishicha, O‘zbekiston hududida yer silkinishi sezilish kuchi Farg‘ona shahrida 3-4 ball, Andijon shahrida 3 ball bo‘lgan.

10 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:05da Qirg‘izistonda yer silkinishi sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.

“Zilzila koordinatalari: 40,17 gradus shimoliy kenglik; 72,16 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,3. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 276 km janubiy-sharqda”, deyiladi xabarda.

Ma'lumot berilishicha, O‘zbekiston hududida yer silkinishi sezilish kuchi Farg‘ona shahrida 3-4 ball, Andijon shahrida 3 ball bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 10 iyul kuni ertalab ham O‘zbekistonning ko‘plab shaharlarida 3-4 ballik yer silkinishi qayd etilgandi.

Top