19:11 / 10.07.2021
1371

Yangiyo‘lda o‘zini fermer deb tanishtirib, 6 sotix yerni 9 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida fermer xo‘jaligining 6 sotix yerini 9 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi va DXX hamkorlikda Yangiyo‘l tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fermer xo‘jaligiga tegishli yerni sotmoqchi bo‘lgan A.Ch. ushlangan.

U fuqaro Q.ga o‘zini «V.» fermer xo‘jaligi rahbari deb tanishtirib, unga xo‘jalikning sug‘oriladigan va ball boniteti yuqori bo‘lgan yer maydonidan 6 sotixini 9 000 dollariga sotishni va'da qilgan. So‘ng, vakolatli tanishlari orqali hujjatlarni tayyorlab berishini aytib, oldindan 3 000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid
Top