07:26 / 11.07.2021
15919

Argentina Braziliyani mag‘lub etib, Amerika Kubogida g‘olib bo‘ldi

Amerika Kubogi finalida Argentina mezbon Braziliya ustidan g‘alaba qozondi. Bellashuvning 22-daqiqasida de Paulning uzatmasidan so‘ng Anxel Di Mariya tomonidan kiritilgan chiroyli gol mehmonlarga muhim sovrinni keltirdi. 

Argentina sardori Lionel Messi milliy jamoadagi 5-finalida ilk bor g‘alaba qozondi. 6 karra «Oltin to‘p» sohibi bungacha 3 bor qit'a kubogi va 1 marta JCh finalida o‘ynab, barchasida mag‘lubiyatga uchragandi.  

Amerika Kubogi-2021. Final
Argentina — Braziliya 1:0
11 iyul. «Marakana»
Gol: Di Mariya (22).
Argentina – Martines, Otamendi, Romero (Petsselya, 79), Montiyel, Akunya, de Paul, Paredes (Rodriges, 54), Lo Chelso (Talyafiko, 63), Di Mariya (Palasios, 79), Messi, Martines (Gonsales, 79). 
Braziliya – Ederson, Lodi (Emerson, 76), Danilo, Tiago Silva, Markinos, Fred (Firmino, 46), Kazemiro, Lukas Paketa (Gabriel Barboza, 76), Everton (Vinisius Junior, 63), Neymar, Risharlison.
Ogohlantirishlar: Fred (3), Paredes (33), Lo Chelso (51), de Paul (68), Lodi (70), Lukas Paketa (72), Otamendi (81), Markinos (82), Montiyel (89).

Mavzuga oid
Top