19:35 / 11.07.2021
4729

Pfizer koronavirusga qarshi o‘z vaksinasining uchinchi dozasi bilan emlash zarurligini ma'lum qildi

Foto: EPA

AQShning Pfizer farmatsevtik kompaniyasi AQSh hukumati mansabdor shaxslariga koronavirusga qarshi yanada kuchli immunitet hosil bo‘lishi uchun vaksinaning uchinchi dozasi bilan emlash zarurligi haqida ma'lum qilmoqchi. Bu haqda kompaniyaning ushbu rejalaridan xabardor manbalarga tayanib The Washington Post nashri xabar berdi.     

Nashrning yozishicha, Pfizer 12 iyulda amerikalik mansabdor shaxslar, jumladan AQSh prezidentining tibbiy masalalar bo‘yicha bosh maslahatchisi, AQSh allergik va yuqumli kasalliklar milliy instituti direktori Entoni Fauchi taklif qilingan matbuot anjumani o‘tkazmoqchi.

Kompaniyaning ta'kidlashicha, o‘tkazilgan tadqiqot natijalari Pfizer vaksinasining 2-dozasi kiritilgandan 6 oy o‘tgach qo‘llangan buster dozasi organizmdagi antitanalar miqdorini avvalgi ikki doza kiritilgandan keyin paydo bo‘lgandagiga nisbatan 5-10 marta oshirgan.

Pfizer, shuningdek, o‘z vaksinasining koronavirus “hindcha” shtammiga qarshi mo‘ljallangan buster dozasi avgust oyida sinovdan o‘tkazilishini ma'lum qilgan.

Mavzuga oid
Top